Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Bo‘ston” mahallasida faoliyat yuritayotgan soliq inspektorining zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.O‘rganish davomida deputat mahalla soliq inspektori S. Ergashxo‘jayev bilan birgalikda hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning faoliyatida uchrayotgan muammolar, soliq qonunchiligidagi yangiliklardan xabardorlik darajasi hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.Shuningdek, tadbirkorlarga amaldagi soliq islohotlari, soliq majburiyatlari, mavjud imtiyozlar va qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan javob olib, faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar bilan tanishtirildi.Mazkur deputatlik nazorati davomida mahalladagi tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash holati, soliq to‘lovchilarning huquqiy savodxonligini oshirish va soliq intizomini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Bunday o‘rganishlar tadbirkorlarning qonunchilik talablariga rioya etishi, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishi hamda mahallalarda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 6