Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
DEPUTATLAR O‘ZIGA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT BILAN HAMKORLIKDA ISH OLIB BORMOQDA.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 20-“Ulug‘bek” saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Azimjon O‘ktam o‘g‘li o‘ziga biriktirilgan tashkilot — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parkent tumanidagi Xalq qabulxonasi mas’ullari bilan hamkorlikda uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuv davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda murojaatlarning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Muloqot davomida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida qabul qilish va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish hamda ularning ijobiy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, fuqarolar murojaatlarida takroran ko‘tarilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va
ijrosi yuzasidan nazoratni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.Kelgusida deputat va Xalq qabulxonasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni joyida hal etishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish belgilab olindi.
  

Slide 1 of 3