35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
SOY BO‘YI MFY — TINCHLIK VA XAVFSIZLIK USTUVOR
янв.21
Soy bo‘yi MFYda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda yoshlar bilan ishlash holati va mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi
янв.21
Quvasoy shahar Kengashi Deputatlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
янв.21
Faol hamkorlik uchun tashakkurnomalar topshirildi
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi raisi, 17-“Nurliyo‘l” saylov okrugi deputati J.Dushabayevga biriktrilgan kotibiyat bosh mutaxassisi u.abdunazarov tomonidan “Nurliyo‘l” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati bo‘yicha olib borilayotgan
ishlar o‘rganildi. Profilaktika inspektori A.Axmurodov va “mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan “og‘ir” toifadan chiqarish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, 45 dona mahalla hududini gavjum va chekka joylariga kuzatuv kameralari
o‘rnatilgan bo‘lib, kameralar shahar IIB bilan integratsiya qilingan. Tashvish tugmalari o‘rnatilgan, kiberjinoyat turlaridan ogoh etish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda qo‘shimcha ravishda 15 dona kuzatuv kameralarini o‘rnatish,
Turon ko‘chasiga 20 dona, Yoshlik ko‘chasiga 10 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatishga ehtiyoj mavjuddir. Ushbu muammolarni hal etish yuzasidan shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga Deputatlik so‘rovi bilan chiqishga kelishib olindi.
  

Slide 1 of 4