Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Soy bo‘yi MFYda yoshlar bilan ishlash holati va mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-son Qonuni ijrosini ta’minlash hamda deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari asosida amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida 1-band mahalladagi yoshlar yetakchisining faoliyati, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar o‘rganishi, sport bilan shug‘ullanishi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va o‘zini o‘zi band qilishi uchun mavjud imkoniyatlardan foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlarning qobiliyat va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ma’naviy-ma’rifiy, madaniy hamda sport tadbirlariga faol jalb etish, bo‘sh vaqtlarini foydali mashg‘ulotlar bilan mazmunli tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.
Shu bilan birga, bandligi ta’minlanmagan yoshlarni aniqlash, ularni zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda mavjud imtiyozlardan foydalanishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha ishlar ham tahlil qilindi.

Slide 1 of 1