35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
SOY BO‘YI MFY — TINCHLIK VA XAVFSIZLIK USTUVOR
янв.21
Soy bo‘yi MFYda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda yoshlar bilan ishlash holati va mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi
янв.21
Quvasoy shahar Kengashi Deputatlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
янв.21
Faol hamkorlik uchun tashakkurnomalar topshirildi
**Zarbdor mahallasida ijtimoiy muammolar o‘rganildi**

Zarbdor mahallasida ijtimoiy muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarabibi Matyaqubova Zarbdor mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi Rayhon Matyaqubovaning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida S. Matyaqubova ijtimoiy xodim R. Matyaqubova hamda ko‘cha boshisi Baxtiyor Matchanov bilan hamkorlikda ijtimoiy reyestrga kiritilgan oiladonlarning xonadonlariga borib, ularning mavjud muammolarini joyida o‘rgandi.

Fuqarolar bilan muloqot davomida oilalarning ijtimoiy sharoiti, ehtiyojlari va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday sayyor o‘rganishlar aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda aniqlangan muammolarni manzilli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 1