35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
SOY BO‘YI MFY — TINCHLIK VA XAVFSIZLIK USTUVOR
янв.21
Soy bo‘yi MFYda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda yoshlar bilan ishlash holati va mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi
янв.21
Quvasoy shahar Kengashi Deputatlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
янв.21
Faol hamkorlik uchun tashakkurnomalar topshirildi
Deputatga biriktirilgan tashkilotda Qonun ijrosi o‘rganildi

#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#biriktirilgan_tashkilot #162_ta_Qonun_ijrosi

Deputatga biriktirilgan tashkilotda Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E. Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi doirasida Qiziriq tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga tashrif buyurib, bo‘lim tomonidan aholining bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholini ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Shuningdek, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-642-son, 2020-yil 20-oktabr ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib borilib, bo‘lim faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligi, aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, murojaatlar bilan ishlash holati hamda belgilangan vazifalarning ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash va qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2