35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
SOY BO‘YI MFY — TINCHLIK VA XAVFSIZLIK USTUVOR
янв.21
Soy bo‘yi MFYda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda yoshlar bilan ishlash holati va mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi
янв.21
Quvasoy shahar Kengashi Deputatlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
янв.21
Faol hamkorlik uchun tashakkurnomalar topshirildi
#deputat o'rganish

#deputat o'rganishi
#faoliyat

Tashabbus va natija: Yoshlar ishlar bo'limida yoshlar siyosati nazoratda

Nurafshon shahrida yoshlar bilan ishlash, ularni sport va ijtimoiy hayotga keng jalb etish hamda qobiliyatlarini yuzaga chiqarish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni talablari ijrosini ta'minlash maqsadida Yoshlar ishlar bo'limi yoshlar yetakchisining faoliyati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish va tahlil jarayonlari Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Alisher Turdiyevga biriktirilgan Nurafshon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri K.Umarboev, kotibiyat mutaxassisi tomonidan Xurriyat MFYda olib borildi.

🔺Maxsus savolnoma asosida mahallada yoshlar faolligini oshirish;
🔺Yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va erishilgan natijalar;
🔺Yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar va ko‘rsatkichlar.

Tahlillar davomida erishilgan yutuqlar bilan birga, sohada o‘z yechimini kutayotgan bir qator dolzarb masalalar va muammolar ham aniqlandi.
Barcha aniqlangan kamchilik va muammoli masalalar deputatlar tomonidan nazoratga olinib, «Deputat daftariga» qayd etildi. Mazkur masalalarni bosqichma-bosqich hal etish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijrosini ta'minlash bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 1