35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
SOY BO‘YI MFY — TINCHLIK VA XAVFSIZLIK USTUVOR
янв.21
Soy bo‘yi MFYda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda yoshlar bilan ishlash holati va mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi
янв.21
Quvasoy shahar Kengashi Deputatlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
янв.21
Faol hamkorlik uchun tashakkurnomalar topshirildi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI



Yangi bog‘ MFY hududidagi Eshonguzar ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l ta’mirlash ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

O‘rganish davomida 2,4 kilometr uzunlikdagi yo‘lni joriy ta’mirlash ishlari bilan bir qatorda, ko‘cha bo‘yidagi beton lotoklarning ayrim qismlari ochiq holda qoldirilayotgani, bu esa fuqarolar uchun noqulaylik va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarayotgani aniqlandi.

Aniqlangan muammo deputatning “Ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, uni bartaraf etish yuzasidan 21-B. Marg‘iloniy saylov okrugi deputati R.Alijonova tomonidan Marg‘ilon shahar hokimi o‘rinbosari nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida mavjud holatni o‘rganish, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

Masala deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 1