35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
SOY BO‘YI MFY — TINCHLIK VA XAVFSIZLIK USTUVOR
янв.21
Soy bo‘yi MFYda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda yoshlar bilan ishlash holati va mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi
янв.21
Quvasoy shahar Kengashi Deputatlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
янв.21
Faol hamkorlik uchun tashakkurnomalar topshirildi
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi 27-sessiyasiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi 27-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan Kengash raisi O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov ishtirokida muhokama o‘tkazildi.

Muhokama davomida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar, ular yuzasidan taqdim etilgan axborot va hisobotlar hamda doimiy komissiyalarda olib borilgan muhokamalar natijalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jumladan, sessiya kun tartibiga quyidagi masalalarni kiritish rejalashtirilmoqda:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-405-son qarori ijrosi yuzasidan “Nuroniy” jamg‘armasi Qo‘qon shahar bo‘limining axboroti;

Qo‘qon shahar soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot;

Shahar adliya bo‘limining 2026-yilning 6 oyi davomida shahardagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan axboroti;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi VII-19-28-11-166-K/26-son qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish masalasi;

“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi”dan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masala.

Muhokama jarayonida mazkur masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan axborot va hisobotlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ular Kengashning tegishli doimiy komissiyalarida muhokama qilinib, o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida fuqarolardan kelib tushgan taklif va mulohazalar ham inobatga olindi.

Muhokama yakunida navbatdagi 27-sessiyani puxta tayyorlash, kun tartibidagi masalalarni har tomonlama o‘rganish hamda sessiyada ko‘rib chiqiladigan qaror loyihalarini belgilangan tartibda tayyorlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3