Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati B.Kuzenbayevga biriktirilgan qonun ijrosi tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan Uchquduq tumani Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun talablarining amaliyotda bajarilishi, fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ular yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishi, fuqarolarning murojaat qilish huquqlari ta’minlanishi hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligi yuzasidan tegishli o‘rganishlar amalga oshirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, qonun ijrosini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida deputatlik nazoratini izchil davom ettiradi.

Slide 1 of 4