Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
“Oqsuv” mahallasida joylashgan 45-maktabning holati o‘rganildi

 O‘rganish jarayonida deputatga Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Soxibjon Nabiyev, “Qo‘rg‘oncha” ko‘chasi ko‘chaboshisi Turdiboy Musayev hamda “Ustozlar” ko‘chasi ko‘chaboshisi Mo‘minjon Miraxmedov hamrohlik qildi. Maktab direktori Mavludaxon Sobirova ishtirokida ta’lim muassasasining mavjud holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi. 

🔎 O‘rganish davomida qator muammolar aniqlandi. Xususan, maktabda oshxona mavjud emas. Shuningdek, maktabning loyiha quvvati 290 o‘rin bo‘lgani holda, yangi o‘quv yilida 456 nafar o‘quvchi tahsil olishi ma’lum bo‘ldi. Mavjud o‘quvchilar soni va maktab quvvati o‘rtasidagi farqni inobatga olgan holda, ta’lim jarayoni uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida 180 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish zarurati mavjud. 

📝 Aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar oldiga qo‘yish va ularning yechimini ta’minlash maqsadida deputat so‘rovi yuboriladi.  

🎓 “Ta’limga yo‘naltirilgan har bir e’tibor — farzandlarimizning kelajagiga qo‘yilgan sarmoyadir. O‘quvchiga sifatli ta’lim berish uchun, avvalo, munosib ta’lim muhiti va zarur infratuzilma yaratilishi shart”. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 8