Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
#_deputat_faoliyati Mustaqillik bayrami arafasida bolajonlarga bayramona tuhfa!
#_deputat_faoliyati
Mustaqillik bayrami arafasida bolajonlarga bayramona tuhfa!


Yangi oʻquv yili arafasida, yurtimizda keng nishonlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda taʼlim olishlari uchun munosib sharoit yaratishga qaratilgan xayrli tadbir tashkil etildi.
Tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Qosimov, faol nuroniylar, ota-onalar hamda oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Unda ehtiyojmand va kam taʼminlangan oilalar farzandlariga yangi oʻquv yili uchun zarur boʻlgan oʻquv qurollari va maktab anjomlari topshirildi.
 Shuningdek, bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashilib, ularning taʼlim olishga boʻlgan qiziqishi va intilishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan samimiy muloqotlar oʻtkazildi.
Bu kabi ezgu tashabbuslar yosh avlodning sifatli taʼlim olishi, ularning kelajakka boʻlgan ishonchini mustahkamlash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalarning farzandlariga koʻmak berish hamda jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Yangi oʻquv yili barcha oʻquvchilarga ulkan zafarlar, yuqori natijalar va unutilmas muvaffaqiyatlar olib kelsin!
Slide 1 of 4