Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
SEYSMIK XAVFSIZLIK: DEPUTATLIK O‘RGANISHI

 SEYSMIK XAVFSIZLIK: DEPUTATLIK O‘RGANISHI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi agrar, suv xo'jaligi va ekologik masalalar bo'yicha doimiy komissiya tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30 iyundagi 405-son qarorini "BINO VA INSHOOTLARNING SЕYSMIK MUSTAHKAMLIGINI BAHOLASH HAMDA ELЕKTRON TЕXNIK PASPORTLARNI SHAKLLANTIRISH TIZIMINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA"gi qaror ijrosini ta'minlash maqsadida tumandagi bino va inshootlarning elektron texnik pasportlari, seysmik holati hamda texnik xavfsizligi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish davomida:
🔹 obyektlarning elektron texnik pasportlari shakllantirilgani va yagona platformaga kiritilgani;
🔹 oxirgi vizual hamda instrumental-texnik tekshiruvlar o‘tkazilgan muddati;
🔹 bino konstruksiyalarida yoriq, deformatsiya va boshqa nuqsonlar mavjudligi;
🔹 aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha dalolatnoma va xulosalar mavjudligi;
🔹 seysmik zaif obyektlarni mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;
🔹 ta’mirlash va mustahkamlash ishlari uchun mablag‘ manbalari hamda ijro muddatlari;
🔹 aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun mas’ul shaxslar faoliyati
tahlil qilinmoqda.
🎯 Asosiy maqsad — aholi, ayniqsa bolalar va ijtimoiy soha xodimlari xavfsizligini ta’minlash, seysmik jihatdan zaif obyektlarni o‘z vaqtida aniqlash va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralarni belgilash.
Muammo — tahlil — aniq chora — deputatlik nazorati.