Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy MFYda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy MFYda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
M.Ulug‘bek MFYda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
H.Olimjon mahallasidan yo'llangan muammoli videomurojaat..... Ichimlik suvi tarmog‘idagi muammolar mutaxassislar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar sporti — sog‘lom avlod sari muhim qadam
янв.21
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Soy bo‘yi MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi

 Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi
📌 Bugun, 24-avgust kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tumandagi dolzarb masalalar deputatlik nazorati asosida muhokama qilinib, mas’ul tashkilotlarning amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan axborotlari eshitildi.
🔹 “Toza hudud” DUK tomonidan tumandagi sanitar-epidemiologik holat, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda debitor qarzdorliklarni undirish borasidagi ishlar;
🔹 Sug‘oriladigan maydonlarning unumdorligini oshirish, meliorativ holatini yaxshilash, suv ta’minotini yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligida resurs tejovchi zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha vazifalar ijrosi;
🔹 “Pastdarg‘omtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining 2026-yil davomida amalga oshirgan ishlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda 2026–2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari;
🔹 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 405-son qarori bilan belgilangan binolar va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash hamda elektron texnik pasportlarini shakllantirish tizimini joriy etish bo‘yicha tumandagi ishlar holati o‘rganildi.
📊 Muhokamalar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va aholining murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Doimiy komissiya faoliyati — hududdagi muammolarni aniqlash, ularning yechimini izlash va ijroni nazorat qilishga qaratilgan.