Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov tomonidan Birlashgan mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, hududlarni obodonlashtirish, sanitariya va ozodalikni ta’minlash, aholi farovonligini yana-da oshirishga qaratilgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida fuqarolarga o‘z xonadonlari va unga tutash hududlarni ozoda saqlash, obodonlashtirish, ko‘chat ekish hamda hashar tadbirlarida faol ishtirok etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Mahalla aholisi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, aholi o‘z xonadonlari atrofida tozalash va obodonlashtirish ishlarini faol amalga oshirmoqda. Bu kabi ezgu ishlar mahallaning ko‘rkini yana-da oshirish, sog‘lom va fayzli muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.