35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘bon MFYda elektr tarmoqlari holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi tomonidan yoshlar bandligi va muammolari o‘rganildi
янв.21
Davlat mablag‘i ajratilgan, Kengash qarori qabul qilingan. Ammo natija qayerda?
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash ishlari boshlandi
янв.21
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o'rganildi.
янв.21
O'RQ-642 qonun asosida Deputat o‘z saylov okruglarida keng qamrovli tahlil-nazorat tadbirlarini amalga oshirdi.
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi
янв.21
“Kasb-hunarli qiz – farovon oila va porloq kelajak kafolati
янв.21
Deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida muhim o‘rganish ishlari olib borildi...
Deputatlik so‘rovi natijasida ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash ishlari boshlandi

Xususan, Quvasoy shahri "Zebuniso" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi K.Yormatov ko‘chasida ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash masalasi bo‘yicha kelib tushgan murojaat yuzasidan Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati A.Kim tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritildi.

✔️Shundan so‘ng, mazkur masala deputat A.Kim hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Quvasoy shahar Kengashi raisi N.Sabodinova tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilandi.

🚀Ko‘rilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida murojaatda ko‘tarilgan masala ijobiy hal etilib, K.Yormatov ko‘chasida ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash ishlari boshlandi.

📆Fuqarolar manfaatlarini ta'minlash, hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda murojaatlar ijrosini nazorat qilish deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 1