Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati M.Murodov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I.Qaxorov tomonidan 19-P.Valik MFY saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
🚀Mazkur masala O'RQ-642 qonun asosida hamda deputatlarning 24 ta muhim ko‘rsatkichlarining 4-bandiga muvofiq, hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni o‘rganish bilan bog‘liq.
📎O‘rganish davomida hokim yordamchilari faoliyati, aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, bandligini ta’minlash, hamda daromad manbalarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔗Shuningdek, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularga subsidiya va kreditlar ajratish jarayonlari hamda “mahallabay” ishlash tizimi samaradorligi ko‘rib chiqildi.