Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov hamda kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov tomonidan Birlashgan mahallasi ichki ko‘chalarida olib borilayotgan shag‘allashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida bajarilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, shag‘al yotqizish jarayoni, ishlarning belgilangan reja asosida olib borilishi hamda yo‘llarning aholi uchun qulay va xavfsiz holatga keltirilishi yuzasidan monitoring amalga oshirildi.
Shuningdek, ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ichki yo‘llarning foydalanish holatini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Mazkur ishlar doimiy nazoratga olindi.