35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘bon MFYda elektr tarmoqlari holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi tomonidan yoshlar bandligi va muammolari o‘rganildi
янв.21
Davlat mablag‘i ajratilgan, Kengash qarori qabul qilingan. Ammo natija qayerda?
янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash ishlari boshlandi
янв.21
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o'rganildi.
янв.21
O'RQ-642 qonun asosida Deputat o‘z saylov okruglarida keng qamrovli tahlil-nazorat tadbirlarini amalga oshirdi.
янв.21
Deputatlarning 24 ta muhim ko'rsatkichlari va O'RQ-261 qonun ijrosi
янв.21
“Kasb-hunarli qiz – farovon oila va porloq kelajak kafolati
янв.21
Deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida muhim o‘rganish ishlari olib borildi...
SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI O'RGANILMOQDA

 Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati S. Abduvalieva tomonidan “Navroʻz” mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv oʻtkazilib, aholi murojaatlari atroflicha oʻrganildi. Mazkur muloqot davomida fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy masalalar tinglanib, ularning mazmun-mohiyati chuqur tahlil qilindi.
Uchrashuvda, ayniqsa, ijtimoiy himoya, ish bilan ta'minlash, moddiy yordam, kommunal xizmatlar va infratuzilmani yaxshilashga oid masalalarga alohida e'tibor qaratildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi hamda muammolarni hal etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, ayrim masalalarni joyida hal etish imkoni yaratildi, qoʻshimcha oʻrganish talab etuvchi murojaatlar esa tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirildi. Ushbu uchrashuv aholi bilan ochiq muloqotni ta'minlash, ularning dardu tashvishlariga yechim topish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 3