🔹Xalq deputatlari viloyat (shahar) Kengashi deputati D. Mexmonova, shahar hokimi o‘rinbosari- Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Ubaydullayeva hamda shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Anvarov, kotibiyat bosh mutaxassisi D.Mirzayeva ishtirok etdi.
🔹Qabul davomida aholi tomonidan turli masalalar ijtimoiy yordam, bandlik, uy-joy, oilaviy muammolar va huquqiy masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
🔹Har bir murojaat mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganilib, ayrim muammolar joyida hal etildi, murakkab masalalar esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.
🔹Mutasaddilar fuqarolar bilan ochiq muloqot qilib, ularning dardu tashvishlarini tingladi. Bunday qabullar aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish, xalq bilan muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.