Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi raisi D.Ulug'boyeva, Samarqand viloyati Kengashi deputati Z.Jabborova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Rajabova "Qo'shchinor" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishish bilan birgalikda mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv davomida Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar, "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.