PIYODALAR XAVFSIZLIGI E’TIBORDA
🛣 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati S. Nurmamatovaga Qozoq Nayman mahallasi Farmon Xudoyberdiyev ko‘chasi fuqarolari tomonidan piyodalar yo‘lakchasini qurish yuzasidan murojaat kelib tushdi.
🔎 Murojaatda keksa otaxon va onaxonlar, maktab o‘quvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining xavfsiz harakatlanishi uchun ko‘chada piyodalar yo‘lakchasini barpo etishda amaliy yordam so‘ralgan.
👍 Mazkur masalani belgilangan tartibda o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda aholi uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish muhim ahamiyatga ega.
✅ Maqsad — fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, piyodalar xavfsizligini ta’minlash va mahalla infratuzilmasini yaxshilashga ko‘maklashish.