DEPUTATLIK SO‘ROVI: NAYMAN MAHALLASIDAGI KO‘CHANI ASFALTLASH MASALASI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati S. Nurmamatova tomonidan Nayman mahallasi Mirtemir-2 ko‘chasi aholisi murojaati o‘rganildi.
🛣 Fuqarolar murojaatida ko‘chaning yo‘l qismini asfaltlashda amaliy yordam so‘ralgan. Hozirgi vaqtda yo‘lning asfaltlanmagani sababli yomg‘irli kunlarda loy, yoz oylarida esa chang ko‘tarilishi aholi uchun noqulayliklar tug‘dirmoqda.
📄 Deputat tomonidan aholi murojaatida ko‘tarilgan masala yuzasidan ko‘chani asfaltlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalasiga e’tibor qaratildi.
✅ Maqsad — aholi murojaatlarini manzilli o‘rganish, hududdagi infratuzilma muammolarini hal etishga ko‘maklashish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash.