Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KO‘CHA INFRASTRUKTURASI O‘RGANILDI

 KO‘CHA INFRASTRUKTURASI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, Kengash
deputatlari S.Bo‘riyeva, M.Xakimova, O.Tillayeva, Kengash huzuridagi Ekspert
maslahat guruhi a’zosi A.Meliyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilovdan
iborat ishchi guruhi tomonidan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman” dasturi
doirasida tuman markazidagi Qayqubbod ko‘chasi atrofida olib borilayotgan
obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi.
 

Xususan, Qayqubbod ko‘chasida “TRIUPH BULDING” xususiy korxonasi tomonidan
yo‘l cheti bo‘ylab g‘ishtdan ustunchalar terish va piyodalar yo‘lagini
obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
 

O‘rganish
davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan talablarga muvofiqligi hamda
piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratilib, ishlarni
sifatli bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 2