O‘rganish ishlari olib borildi
Joriy yilning 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining doimiy asosda ishlovchi senatori G.M.Marufova Quva tumaniga tashrif uyushtirib, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari bilan birgalikda tumandagi Chilon mahalla fuqarolar yig‘ini binosining podval qismidan ajratilgan zalda aholini, ayniqsa yoshlarini bo‘sh vaqtlarida sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratish (trenajyorlar bilan ta’minlash), Baynalminal mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholini ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarini, shuningdek, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holatini o‘rgandilar.
Senator hamda deputatlar o‘rganilgan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ullarga o‘z tavsiyalarini berdilar.