Deputatlar tuman dehqon bozorida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordilar.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputalari tuman dehqon
bozorida oziq-ovqat tovarlari, poliz va sabzavot mahsulotlarining sotuvdagi narxi
va saqlanishi bo‘yicha navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordilar.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, bozor qoshida tashkil etilgan
savdo yarmarkasida xususan, “Farg‘ona” markasidagi
paxta yog‘ining 1 litri 12 000 so‘mdan, shakarning 1 kilogrammi 13000 so‘mdan, parranda
(tovuq) tuxumining donasi 700-1000 so‘mdan, kartoshkaning 1 kilogrammi 5000 so‘mdan
savdoga chiqarilganligi, bozordagi tijorat do‘konlari va savdo rastalarida paxta
yog‘ining 1 litri 13 000 so‘mdan, shakarning 1 kilogrammi 14 000 so‘mdan, kartoshkaning
1 kilogrammi 8000 so‘mdan 10000 so‘mgacha,
piyoz mahsulotning 1 kilogrammi 2000-3000 so‘mdan sotilayotganligi, dehqon bozori
qoshida tashkil etilgan savdo shaxobchasida 1 kg mol go‘shtining eng past narxi
70.000 so‘mdan, eng yuqori narxi esa 85 ming so‘mdan sotilayotganligi aniqlangan.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan
deputatlar bozor rahbariyatiga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar
berdilar.