Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumandagi ijtimoiy soxa obyektlaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Deputatlar tuman dehqon bozorida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordilar
янв.21
O‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kichik sanoat zonalarda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Quva tumani ijtimoiy soha ob’yektlarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ob’ektlari deputatlar nazoratida
янв.21
Ijtimoiy soha ob’ektlaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Deputatlar tomonidan tumandagi ijtimoy soha ob’ektlarida issiqlik tizimini ishlash holati o‘rganilmoqda.
янв.21
Deputatlar tuman dehqon bozorida o‘rganish ishlarini olib bordilar.
янв.21
Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.
#deputat_faoliyatidan

“Yangi Angren IES”ga ko‘mir tashiyotgan yuk mashinalardan to‘kilayotgan ko‘mir mahalladagi ko‘chalarni rasvo holatga keltirib tashlayotgani bo‘yicha murojaatlar mahalladan saylangan deputat Shahlo Ko‘chimova tomonidan o‘rganilib, IES rahbari bilan uchrashuv o‘tkazilgan va bu uchrashuvda IES direktori mahallaga borishini va’da bergan edi.

   Bugun IES direktori deputat bilan birga “Yonariq” MFYga kelibdi. Muammolar o‘rganilibdi. Quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilanibdi:

– pereezddan IESgacha bo‘lgan yo‘l joriy ta’mirlanadi;

– yo‘lga tushgan ko‘mirlar muntazam ravishda tozalanib, yuviladi. Buning uchun maxsus texnika sotib olishga ko‘rsatma berilgan.

– homiylar topib, maktabga olib boruvchi yo‘l asfaltlanadi;

– kelgusida bu yo‘ldan ko‘mir tashish to‘xtatilib, Aqcha tomondagi dachalar oldidan alohida yo‘l qilinadi;

– yuk mashinalarga ortilayotgan yukning me’yordan ortib ketmasligi qat’iy nazoratga olinadi.

Slide 1 of 2