Deputatlar tomonidan tumandagi ijtimoy soha ob’ektlarida issiqlik tizimini
ishlash holati o‘rganilmoqda.
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi “Ijtimoiy soha ob’ektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sherikchilik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi PQ-118-son Qarorining ijrosi doirasida tuman ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilgan ishlar, xususan umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida issiqlik tizimini ishlash holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar davomida deputatlar mas’ullarga asosiy e’tiborni muassasalarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga, xavo xaroratini belgilangan darajada ushlab turishga qaratish, issiqlikni ta’minlash ishlarini qat’iy
nazorat olish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdilar.
O‘rganish ishlari davom etmoqda.