Sherobod tumanida M39 yo'l bo'ylarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari ketmoqda.
"Yashil makon" umummilliy loyihasi ijrosini ta’minlash maqsadida Sherobod tumani M39 yo'l yoqalari shuningdek barcha ko'chalarda mevali va manzarali daraxtlar hamda archalar ekilmoqda.
Ushbu nihollar kelajakda tumanimiz ko‘rkiga ko‘rk, husn va yashillik qo‘shishdan tashqari hudud havosi musaffoligini oshirishda, aholi salomatligini ta’minlashda muhim o‘rin tutishi, shubhasiz.