35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlar Maktablarda 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGAShI DEPUTATLARIGA DAVLAT MUKOFOTLARI TANTANALI TOPSHIRILDI
янв.21
“Yangiyer” mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Aholini kambag‘allikdan chiqarish — muhim vazifa
янв.21
“Yangiyer” mahallasida mahalla bankiri faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mustaqillik” mahallasida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Mustaqillik” mahallasida yoshlar siyosati ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Jiydali” mahallasida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Jiydali” mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
“Yangiyer” mahallasida mahalla bankiri faoliyati o‘rganildi

O‘rganish jarayonida mahalla bankirining hududdagi aholi, ayniqsa, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolar bilan olib borayotgan ishlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, aholining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun kredit va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini tushuntirish borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.
Mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning daromad manbalarini ko‘paytirishga qaratilgan ishlarning samaradorligi ham tahlil qilindi.
O‘rganish davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar almashilib, mahalla bankiri faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Aholining iqtisodiy faolligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi daromad manbalarini yaratish — mahallalarda farovonlikni ta’minlashning muhim omilidir.

Slide 1 of 3