O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-son Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash borasida mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Jumladan, mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini manzilli hal etish, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash hamda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishga qaratilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mahalla raisining aholi bilan bevosita muloqotini kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini yanada samarali tashkil etish, mahallada amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish hamda aholi manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Mahallalarda boshqaruv samaradorligini oshirish, aholi bilan ochiq va manzilli ishlash hamda mavjud muammolarni joyida hal etish — hudud rivojining muhim omilidir.