Uchrashuv davomida mahallaning mavjud infratuzilmasi, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari atroflicha o‘rganildi.
Mahalla faollari tomonidan ichki yo‘llar, obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va boshqa infratuzilmaga oid masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.
Bildirilgan muammolarni joyida o‘rganish, ularning yechimini topish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Aholi bilan bevosita muloqot qilish, mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish — mahalliy Kengashlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.