O‘rganish davomida mahalladagi ichki yo‘llarning bugungi holati, yo‘l qoplamalarining saqlanish darajasi hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud muammolar, ta’mirtalab yo‘l qismlari va ularni obodonlashtirish hamda ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Ichki yo‘llarning holatini yaxshilash, aholiga munosib sharoit yaratish va mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish masalalari deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ichki yo‘llarni yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.