🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Mustaqillik35 #Uzb35
KITOBLAR TAQDIMOTI — MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT BAYRAMI
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uchtepa tumanida ma’naviyat va kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan mazmunli tadbir tashkil etildi.
Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan Uchtepa tumani Axborot-resurs markaziga 500 xil nomdagi jami 2 500 nusxa kitob tantanali ravishda taqdim etildi.
💼 Kitoblar taqdimoti bayramona ruhda o‘tkazilib, unda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari Anvar Usmanov, Kimyo Abdullayeva, Kamolitdin Azizov, Sanjar Djalolov va Bobur Xolmatov ishtirok etdi.
💬 Tadbir davomida kitobning inson ma’naviyati va tafakkurini yuksaltirishdagi o‘rni, yosh avlodni bilimli va ma’rifatli etib tarbiyalashda mutolaaning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.
📈 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ma’naviy-ma’rifiy tashabbuslar va kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ezgu sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi.
📙 Taqdim etilgan 2 500 nusxa yangi kitob Axborot-resurs markazi fondini boyitib, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.
🧠 Kitob — ma’naviyat, bilim va taraqqiyot manbai. Mazkur taqdimot esa Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida kitobga, ilmga va ma’rifatga bo‘lgan e’tiborning yorqin ifodasidir.