O‘rganish davomida “mahalla yettiligi”ning aholi bilan ishlashi, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni hal etish borasidagi faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini, “mahalla yettiligi” va mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borish va aniqlangan muammolar yechimi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Hamkorlikdagi ishlarni izchil davom ettirish va deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish belgilandi.