#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Eldor Tulyakov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Eldor Tulyakov tomonidan Yakkasaroy tumanida 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berildi. Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, jamoatchilik vakillari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda hudud aholisi ishtirok etdi.
📝 Uchrashuvda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Obidjon Mo‘minov, Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi raisi va deputatlari, tuman hokimligi mas’ullari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari hamda Kengash kotibiyati vakillari ishtirok etib, tadbirning tashkiliy jihatdan samarali o‘tishiga ko‘maklashdilar.
🗣 Deputat o‘z axborotida hisobot davrida saylovchilar bilan olib borilgan ochiq muloqotlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijalari, hududlarda amalga oshirilgan o‘rganishlar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda deputatlik nazorati doirasida olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
📋 Qayd etilganidek, chorak davomida aholini qiynab kelayotgan masalalarni joyida o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Shu maqsadda mahallalarda muntazam ravishda sayyor qabullar, ochiq uchrashuvlar va hududiy o‘rganishlar tashkil etilib, aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi.
📉 Hisobot davrida uy-joy kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari faoliyatini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarda qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgan qator masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularning yechimi yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.
📁 Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator muammolarni bartaraf etish yuzasidan tashabbuslar ilgari surildi hamda ularning ijrosi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
💡 Deputat Eldor To‘lyakov hisobot davrida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyalarida va doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan masalalar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirib bordi.
🔺 Uchrashuv davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida ham hududdagi holat tahlil qilindi.
🔎 Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar kelgusidagi deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Uchrashuv yakunida aholi bilan muntazam muloqot qilish, fuqarolar murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish, hududlarda mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
📝 Ta’kidlanganidek, aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning dard-u tashvishlarini tinglash, muammolarini hal etishga ko‘maklashish hamda joylardagi islohotlar ijrosini ta’minlash deputatlik faoliyatining eng muhim mezonlaridan biri bo‘lib qoladi. Bu boradagi ishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash