"Gulzor" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E. Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov "Gulzor" mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud masalalar yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#E_Hamroyev #A_Mamarajabov