"Gulzor" mahallasidagi 40-sonli QOP Gulzor filialida tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E. Hamroyev tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov bilan birgalikda "Gulzor" mahallasidagi 40-sonli QOP Gulzor filialida bo‘ldi.
O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlanganlik holati, muassasaning moddiy-texnik bazasi, tibbiy jihozlardan foydalanish darajasi, tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazilib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda mavjud masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish belgilab olindi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#E_Hamroyev #A_Mamarajabov