Masalani o‘rganish maqsadida tuman Kengashi ishchi guruhi a’zolari M.Naimova, O.Baqoyev, Sh.Saidova, B.Vafoyev, J.Gaparov va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘lim vakillari tumandagi 6,10,18-sonli maktablarda bo‘lib, 2025/2026-yil yangi o‘quv yiliga tayyorgarliklar jarayoni, obodonlashtirish ishlari, “Yashil makon” loyihasida doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi. O‘rganishlar jarayonida qilingan ijobiy ishlar bilan birgalikda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Maktab o‘qituvchilari bilan muloqot qilinib, taklif va tavsiyalari tinglandi, mavjud muammolar deputatlik nazoratiga olindi.