Tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, shart-sharoitlar va mavjud muammolar o‘rganildi. Muloqot jarayonida shifokorlar va bemorlar fikrlari tinglandi, aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Deputatlar sog‘liqni saqlash tizimidagi xizmatlar sifatini oshirish, aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lida jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishini ta’kidladilar.