Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🔹 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Xakimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida “Boybuloq” mahallasi Chorvador qishlog‘ida joylashgan 63-son umumta’lim maktabiga tashrif buyurildi.

📍 Tashrif davomida maktab rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim muassasasida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.

🏫 O‘rganish jarayonida maktabda olib borilgan ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangani, sinf xonalari va o‘quv binosi yangi o‘quv yilini munosib kutib olish uchun tayyor holatga keltirilgani qayd etildi. Shuningdek, ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarga zamonaviy hamda qulay ta’lim muhitini yaratishda muhim omil hisoblanadi.

Slide 1 of 4