Jańalıqlar

Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi

📌Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 4-Uzun saylov okrugi deputati S.Umarova tomonidan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘RQ-328-sonli Qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

👩‍💼 O‘rganish jarayonida mahallalarda faoliyat yuritayotgan oilaviy tadbirkorlik subyektlari bilan yaqindan suhbat o‘tkazilib, ularning kundalik faoliyati, erishayotgan natijalari hamda rivojlanishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.

📊 Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tegishli tashkilotlarga yetkazish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.