Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲАФТАЛИК ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ АМАЛИЙ ЕЧИМ ТОПДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: 10 ТА ИШ ЎРНИ ЯРАТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВЧИ ИШОНЧИ — ДЕПУТАТ МАСЪУЛИЯТИ
янв.21
ПОДШООТА СОЙИДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
33-сонли мактабнинг қиш мавсумига тайёргарлиги — депутат эътиборида
янв.21
Зарбдорда йўллар равонлашиб, имкониятлар кенгаймоқда
янв.21
ҲАР БИР ЁШ ЭЪТИБОРДА — БАНДЛИК ВА ИМКОНИЯТЛАР МУҲОКАМАСИ
янв.21
ҲАР БИР ОИЛАНИНГ БАРҚАРОР ДАРОМАДГА ЭГА БЎЛИШИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
OROLBO‘YI MAHALLASIDA SAROY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH ISHLARI BOSHLANDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov 25-Orolbo‘yi saylov okrugi hududidagi Orolbo‘yi mahallasi Saroy ko‘chasini asfaltlashtirish ishlari bilan joyiga chiqqan holda tanishdi.

O‘rganish davomida ko‘chada boshlangan asfalt yotqizish ishlari va hududdagi mavjud holat ko‘zdan kechirildi. Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qarori asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan 2026-yilgi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

25-Orolbo‘yi saylov okrugi deputati M.Abdurahmonova tomonidan saylov okrugi hududidagi ichki yo‘llar holati o‘rganilib, Saroy ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi deputatlik nazorati doirasida ko‘tarilgan edi. Mazkur masala tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash dasturi doirasida Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritildi. Bugun esa ushbu masalaning amaliy yechimi sari muhim qadam tashlanib, Orolbo‘yi mahallasidagi Saroy ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi.

Saroy ko‘chasining asfaltlanishi mahalla ichki yo‘llari holatini yaxshilash, transport harakati uchun qulaylik yaratish hamda aholining kundalik qatnovi bilan bog‘liq muammolarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Deputatlik nazorati doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, belgilangan vazifalar ijrosini kuzatib borish va aholi uchun muhim bo‘lgan masalalarga e’tibor qaratish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 6