Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
“PASTDARG‘OM TAJRIBASI”: YOSHLAR VA DEPUTATLAR O‘RTASIDA OCHIQ MULOQOT

 “PASTDARG‘OM TAJRIBASI”: YOSHLAR VA DEPUTATLAR O‘RTASIDA OCHIQ MULOQOT

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahati guruhi faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Pastdarg‘om tajribasi” doirasida navbatdagi muhim tashabbus yo‘lga qo‘yilmoqda.

📌 2-tashabbus — “Yoshlar maslahati guruhi — deputatlik soati”

Unga ko‘ra, oyiga bir marotaba Kengash deputatlari hamda Yoshlar maslahati guruhi a’zolari ishtirokida ochiq va amaliy muloqot tashkil etiladi.

Har bir uchrashuvda yoshlar hayotiga daxldor bitta muhim mavzu markazga chiqariladi.

Jumladan:
💎 yoshlar bandligi va kasbga yo‘naltirish;
💎 ta’lim va zamonaviy bilim olish imkoniyatlari;
💎 tadbirkorlik va yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
💎 korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy madaniyat;
💎 ekologiya va atrof-muhitni asrash;
💎 yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish kabi masalalar muhokama qilinadi.