Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va YTHlarning oldini olish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan ekspert guruhi va yoshlar maslahat guruhi a'zolari, tuman Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi bilan hamkorlikda tuman hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash holati yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida, avvalo, yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hamda avtomobillar harakatida tirbandliklar yuzaga kelayotgan hududlar ko‘zdan kechirilib, mavjud muammolar va ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilindi.

Shuningdek, tuman markaziy ko‘chalari, umumta’lim maktablari atrofi hamda ichki ko‘chalarda transport va piyodalar harakatining xavfsizligi, yo‘l infratuzilmasining mavjud holati hamda xavfsizlik choralarining yetarliligi o‘rganildi.


Ayniqsa, maktab o‘quvchilarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, ta’lim muassasalari atrofida yo‘l belgilarini o‘rnatish, piyodalar harakatini tartibga solish va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.

⚠O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘l harakati ishtirokchilari uchun xavfsiz shart-sharoitlarni yaratish, tirbandliklarning oldini olish hamda yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 5