Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
IQTISODIY YO‘NALISHDAGI QONUNLAR — DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM ASOSI

 IQTISODIY YO‘NALISHDAGI QONUNLAR — DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM ASOSI

⚡️Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi Tashpo‘latov Dilshod Xabibullayevich tomonidan komissiya faoliyatiga tegishli qonun hujjatlarini o‘rganish va ularning mazmun-mohiyatini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📌 Deputatga biriktirilgan qonunlar orasida bank va bank faoliyati, nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish, soliq tizimi, davlat soliq xizmati hamda valyutani tartibga solish sohalariga oid muhim huquqiy hujjatlar mavjud.

🔹 «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni — O‘RQ-580;

🔹 «Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni — O‘RQ-765;

🔹 O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi;

🔹 «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni — 474-I-son;

🔹 «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni — O‘RQ-573.

📊 Mazkur huquqiy hujjatlarni o‘rganish orqali mahalliy byudjetni shakllantirish va ijrosini nazorat qilish, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish, iqtisodiy jarayonlarning qonuniyligini tahlil qilish hamda hudud rivojiga ta’sir etuvchi masalalarni deputatlik nuqtayi nazaridan baholash imkoniyati yaratiladi.

🤝 Doimiy komissiyaning asosiy vazifalaridan biri — iqtisodiy va moliyaviy yo‘nalishdagi masalalarni o‘rganish, tegishli tashkilotlar faoliyatini muhokama qilish hamda hudud manfaatlaridan kelib chiqib deputatlik nazoratini amalga oshirishdir.

📚Qonun ustuvorligi — barqaror iqtisodiy taraqqiyotning muhim garovidir!

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 1