Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining deputatlik odobi qoidalari (bundan buyon matnda “Qoidalar” deb yuritiladi) “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, umumiy qabul qilingan odob normalariga muvofiq ishlab chiqilgan va xalq deputatlari tuman Kengashi deputati (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) uchun uning o‘z deputatlik vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida majburiy bo‘lgan xulq-atvorning ma’naviy va axloqiy prinsiplarini, shuningdek, xulq-atvor qoidalarini belgilaydi.