Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
O‘QUVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan Havotog‘ QFYdagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida o‘quvchilarning ta’lim olishi, kelajakdagi maqsadlari, kasb tanlashga bo‘lgan qiziqishlari hamda ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. Yoshlarning o‘z qiziqish va qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirishi, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va turli to‘garaklarga jalb qilish, zamonaviy bilimlarni egallash hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarning taklif va fikrlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot yakunida yoshlarning ta’lim-tarbiyasi va kelajakdagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ular bilan muntazam ishlash hamda o‘quvchilar takliflarini o‘rganib borish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2