Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
AHOLI MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILMOQDA

Aholi turmush darajasini oshirish, ehtiyojmand qatlamlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan bevosita joyida ishlash maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ibrohim Qarshiboyev “Ijtimoiy himoya yagona reestri”da ro‘yxatda turuvchi bir qator oilalar xonadonlarida bo‘ldi.

O‘rganishlar davomida xonadon egalarining yashash sharoitlari, mavjud ehtiyojlari va muammolari atroflicha tinglandi. Xususan:

- Bandlikni ta’minlash va doimiy daromad manbaini yaratish;
- Tibbiy xizmat ko‘rsatish va zarur davolanish jarayonlariga ko‘maklashish;
- Moddiy va ijtimoiy yordam choralari;
- Uy-joy va kommunal sohadagi masalalar muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida ko‘tarilgan murojaat va takliflarning har biri nazoratga olinib, ularni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriq hamda vazifalar yuklatildi.

Joylarda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish va ehtiyojmand xonadonlarni manzilli qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 2