Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
HAVOTOG‘ MAHALLASIDA AMALIY VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan Havotog‘ mahalla faollari, mahalla vakillari bilan hududda amalga oshiriladigan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan muhokama o‘tkazildi.

Muloqot davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni manzilli hal etish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, fuqarolar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish hamda hududdagi mavjud muammolarni aniqlab, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bandlik va daromadlarni oshirish yo‘nalishida ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

Mahalladagi oilalar bilan manzilli ishlash, ayniqsa ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji bo‘lgan, daromad manbai yetarli bo‘lmagan oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va tegishli yordam choralarini belgilash zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, mahalla faollari, “mahalla yettiligi”, mas’ul tashkilotlar va deputat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, aniqlangan muammolarni joyida muhokama qilib, ularning yechimi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashildi.

Yakunda amalga oshiriladigan ishlarni aniq rejalashtirish, har bir masala bo‘yicha mas’ullarni belgilash, ijroni muntazam nazorat qilib borish hamda mahalladagi muammolarni natijadorlik asosida hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1